O‘zbekistonda 28-fevral, yakshanba kuni havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
28-fevralga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +7 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida +8 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Shanba kuniga o‘tar kechasi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida +10 darajagacha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +12, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +13 darajagacha iliq bo‘ladi.
28-fevral kuni kunduzi havo harorati Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida +25 darajagacha, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysida +23 darajagacha, Toshkent shahrida +22 darajagacha ko‘tariladi.
Shu kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +10…+15 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa +13…+18 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 26-fevral kuni Toshkent shahrida havo harorati +23,2 darajagacha (rekord: 1895 yilda o‘rnatilgan — +25,1 daraja), Samarqand shahrida +21,6 darajagacha (rekord: 1963 yil — +23,9), Termiz shahrida +24,9 darajagacha (rekord: 1963 yil — +28,4 daraja), Nukus shahrida esa +11,3 darajagacha (rekord: 2001 yil — +21,5 daraja) ko‘tarildi.
Izoh (0)