Termizda 27-fevral, shanba kuni havo harorati +25,9 darajagacha ko‘tarildi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Termizda qayd etilgan ko‘rsatkich meteorologik kuzatuvlarning 27-fevral tarixi bo‘yicha 2008-yili o‘rnatilgan rekord darajadagi iliq havo (+24,6 daraja)dan o‘zib ketdi.
Termiz shahrida 2016-yil hisobidan bungacha 24-yanvar, 23-fevral, 24-fevral va 25-fevral kunlari ham havo haroratining iliqligi bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatilgan edi.
Izoh (0)