Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Instagram’dagi sahifasi orqali uning vakolatlarini uzaytirish uchun miting va boshqa aksiyalar o‘tkazmaslikni so‘radi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Hokimiyatda qoldirishni talab etib miting va shunga o‘xshash aksiyalar o‘tkazish bo‘yicha takliflar paydo bo‘ldi. Albatta, xalq shunchalik qo‘llab-quvvatlaganidan xursandman, ammo hech qanday mitinglar kerak emas. Men buning uchun fikrlarimni bildirganim yo‘q”, — deya yozgan Qodirov.
Checheniston rahbari hokimiyatni qo‘ldan boy bermaslikka intilmasligi, respublikada tinchlik va barqarorlikni saqlab qolish uchun “qora ishchi bo‘lib ishlashga ham tayyorligi”ni bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ramzan Qodirov mamlakat rahbariyati uning o‘rniga boshqa kishini topishi zarurligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)