Moskvada Boris Nemsov xotirasiga bag‘ishlangan marshda 24,2 ming kishi ishtirok etdi. Bu haqda tadbir qatnashchilari hisob-kitobi bilan shug‘ullangan “Oq hisoblagich” (“Beliy schyotchik”) tashkiloti vakillari ma’lum qilgan, deya xabar beradi Meduza.
Politsiya vakillarining ta’kidlashicha, tadbir chog‘ida favqulodda holatlar ro‘y bermagan, ishtirokchilar soni esa 7,5 ming kishini tashkil etgan.
2015-yilning 27-fevralida o‘ldirilgan siyosatchi Boris Nemsov xotirasiga bag‘ishlab Rossiyaning turli shaharlarida xotira aksiyalari o‘tkazildi. Moskvadagi marsh ishtirokchilari rasmiylar bilan 50 ming kishigacha bo‘lgan aksiyani kelishgandi.
Oldinroq Interpol bosh kotibiyati siyosatchining qotilligini tashkil qilganlikda gumonlanayotgan Ruslan Muhiddinovni qidiruvga bergani xabar qilingandi.
Izoh (0)