AQShdagi mahalliy rasmiylar Vashington shtatida o‘ldirilgan ikki nafar bola Rossiyada asrab olinganini tasdiqladi. Bu haqda Rossiyaning bola huquqlari bo‘yicha vakili Pavel Astaxov Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan, deya xabar beradi Meduza.
Rossiyaning AQShdagi elchixonasi matbuot kotibi Yuriy Melnik nobud bo‘lgan bolalar shaxsini aniqlash uchun AQSh rasmiylariga rasmiy so‘rov jo‘natilgani, biroq hali javob olinmaganini bildirdi. Meyson okrugi koroneri vakili Rayan Sperlingning aytishicha, o‘ldirilgan bolalar shaxsini aniqlash oxiriga yetmagan. Ayrim manbalarga ko‘ra, ular qozog‘istonlik bo‘lishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Vashington shtatida erkak oilasining to‘rt nafar a’zosini otib o‘ldirgani va joniga qasd qilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)