O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 2-martgacha qor ko‘chishi xavfi bor. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.
“27—29-fevralda va 1—2-martda O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor”, — deyiladi markaz axborotida.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 28—29-fevral kunlari havo harorati kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
1—3-mart kunlari havo harorati pasayishi kutilmoqda — -3...+2 daraja, kunduzi +5...+10 daraja iliq. 2-mart kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.
Izoh (0)