22—27-fevral kunlari Toshkentdagi Inha universitetida O‘zbekistondagi birinchi Rekruting maktabining intensiv kurslari bo‘lib o‘tmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi — yosh mutaxassislarni xalqaro amaliyotga asoslangan mutlaqo innovatsion dastur bo‘yicha personal qidirish va tanlab olishga o‘rgatish.
HR bo‘yicha tayanch ko‘nikmalardan tashqari, tinglovchilar mahalliy bozorga xos alohida xususiyatlar hamda mahalliy amaliyotga xalqaro uslubiyatlarni joriy qilish sirlarini bilib oladi.
Interaktiv va situativ o‘yinlar yordamida kurs tinglovchilari turli yo‘nalishlar bo‘yicha rekruting vazifalari va uslublarini ochiq-oydin aniqlashtirib oladi. Mashg‘ulotlar dasturi ustida mamlakatning HR sohasidagi eng yaxshi ekspertlari ish olib bordi. Hozirda uni yirik kompaniyalarning HR-mutaxassislari amalda sinab ko‘rmoqda. Ilk tinglovchilar aynan ular bo‘ldi.
Kelajakda Rekruting maktabi bazasida yetakchi HR-mutaxassislar netvorkingi tashkil etiladi, bu doimiy ravishda tajriba almashish imkonini beradi.
Izoh (0)