Toshkent shahrida 22-fevral kuni havo harorati +23,4 darajagacha ko‘tarilib, havo haroratining iliqligi bo‘yicha aynan shu kun tarixidagi 121 yillik rekord yangilandi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmat markazidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, shahar tarixidagi fevralning eng issiq kuni bundan 12 yil avval — 2004-yil 12-fevral kuni kuzatilgan. O‘shanda havo harorati +25,7 darajagacha ko‘tarilgan.
O‘zbekistonda 2015—2016-yilgi qish mavsumi, ayniqsa, yanvar va fevral oylari odatdagidan iliq keldi. Nafaqat Toshkent, balki Samarqand, Termiz va Nukus shaharlarida ham yanvar va fevral oylarining alohida kunlarida bir necha bor havo haroratining iliqligi bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatildi.
Izoh (0)