24-fevral kuni havo harorati Samarqand shahrida +25,7 darajagacha, Termizda +27,5 darajagacha, Nukusda esa +26,4 darajagacha ko‘tarildi, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet”. Bu meteorologik kuzatuvlarning 24-fevral tarixi bo‘yicha uchala shaharda qayd etilgan yangi rekordlardir.
Samarqand, Termiz va Nukusda havo haroratining iliqligi bo‘yicha 24-fevral tarixidagi avvalgi rekordlar 1963-yilda o‘rnatilgan edi. O‘shanda Samarqand shahrida havo harorati +24,6 darajagacha, Termizda +26,9 darajagacha, Nukusda esa +20,2 darajagacha ko‘tarilgan.
2015—2016-yilgi qish mavsumi, ayniqsa, yanvar va fevral oylari O‘zbekistonda odatdagidan iliq keldi. Toshkent, Samarqand, Termiz va Nukus shaharlarida yanvar va fevral oylarining alohida kunlarida bungacha ham bir necha bor havo haroratining iliqligi bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatilgandi.
Xususan, 22-fevral kuni Toshkentda havo haroratining iliqligi bo‘yicha 121 yillik rekord yangilangan edi.
Izoh (0)