O‘zbekistonda 27—29-fevral kunlari ham nisbatan iliq havo hukmron bo‘ladi, 1-mart kuni esa harorat biroz pasayishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 27—29-fevral kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 1-mart kuni esa Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida, shu kuni kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Farg‘ona vodiysi viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston va Xorazmdan tashqari boshqa barcha hududlarda 1-mart kuni havo harorati 27—29-fevraldagiga nisbatan 2—5 daraja pasayishi kutilmoqda. Xususan, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida harorat +18...+23 darajadan +15...+20 darajagacha pasayadi.
Avvalroq, 26-fevral kuni Toshkent shahrida havo harorati +22 darajagacha ko‘tarilishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)