O‘zbekistonda 26-fevral, juma kuni havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.
26-fevralga o‘tar kechasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida havo harorati +10 darajagacha iliq bo‘ladi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +12, +13 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va O‘zbekistonning tog‘li hududlarida esa +7, +8 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
26-fevral kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +15 darajagacha, Toshkent shahrida +22 darajagacha, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida esa +23 darajagacha iliq bo‘ladi.
Juma kuni kunduzi Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +20...+25 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)