Taekvondo bo‘yicha eng og‘ir vazndagi sportchilar o‘rtasida amaldagi jahon chempioni, o‘zbekistonlik Dmitriy Shokin Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan test turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi, deb xabar qiladi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Olimpiadaga yo‘llanma olgan taekvondochilar o‘rtasida tashkil etilgan ushbu musobaqada Dmitriy Shokin barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, o‘z vaznida tengsiz ekanligini amalda yana bir marta isbotladi.
Eslatib o‘tamiz, Dmitriy Shokin 2015-yil dekabrida Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Shokin O‘zbekiston tarixida taekvondo WTF bo‘yicha ilk jahon chempioni hisoblanadi.
Izoh (0)