AQShning Nyu-York shahrida futbol bo‘yicha Amerika Kubogi–2016 musobaqasining guruh bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Goal.com”.
Qur’a natijalariga ko‘ra, o‘tgan yilgi musobaqa finalchilari Argentina hamda Chili terma jamoalari bitta guruhdan joy oldi.
“A” guruhi: AQSh, Paragvay, Kosta-Rika, Kolumbiya.“B” guruhi: Braziliya, Peru, Gaiti, Ekvador.“C” guruhi: Meksika, Venesuela, Yamayka, Urugvay.“D” guruhi: Argentina, Boliviya, Panama, Chili.
Ta’kidlash kerakki, Amerika Kubogi–2016 musobaqasida Shimoliy hamda Janubiy Amerika mintaqalaridan jami 16 ta terma jamoa ishtirok etadi. Mazkur musobaqa shu yilning 3—26-iyun kunlari AQShda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)