“Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashida bir guruh faol yoshlarning taniqli futbol hakami Ravshan Ermatov bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda harakat matbuot xizmati ma’lum qilgan.
“Sportni tanlamaganingizda qaysi kasb egasi bo‘lar edingiz?” degan savolga javob berar ekan, Ermatov “7 yoshimdan buyon sport olamidaman. Boshqa kasbni umuman tasavvur qila olmayman. Taqdir taqozosiga ko‘ra sport sohasini tanlamaganimda ham boshqa yo‘nalishda fidoiy, adolatli, mas’uliyatli xodim bo‘lardim”, deya javob bergan.
“Farzandlaringizga qay darajada vaqt ajrata olasiz?” degan savolga javoban hakam “Imkon qadar oilada otalik burchimni ado etishga harakat qilaman. Qadriyatlarimiz, qadim merosimizni farzandlarimga o‘rgatishni otalik vazifam deb hisoblayman va shunga harakat qilaman. Menimcha, farzandlarimga mehribon otaman”, deya ta’kidlagan.
Izoh (0)