Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov internetda tarqalgan qizil ishton kiygan holdagi suratini muhokama etishdan bosh tortdi, biroq surat 19-fevralga o‘tar kechasi Moskvadagi avtomobil yuvish manzillaridan birida olinganini bildirdi. Bu haqda TJournal hikoya qilgan.
“Buni umuman muhokama uchun mavzu, deb o‘ylamayman. Hayratdan yoqa ushladim, chunki navbatda turmaslik uchun kechki payt mashina yuvdirgani borsangu, bunday shov-shuv yuz bersa... To‘g‘risi, bundan xijolatdaman va gapirishni ham istamayman”, — deya ma’lum qilgan Peskov.
Foto Facebook foydalanuvchilaridan biri tomonidan chop etilgan, biroq keyinchalik uning sahifasidan olib tashlangan.
Izoh (0)