Hindiston gravitatsiyali to‘lqinlarni o‘rganish uchun o‘z laboratoriyasini ishga tushiradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“LIGO loyihasi (lazer-interferometrik gravitatsiya-to‘lqinli observatoriya) Hindistonda AQShdagi Kaliforniya va Massachusets texnologiya universitetlari boshqaruvidagi LIGO observatoriyasi bilan hamkorlikda gravitatsiyali to‘lqinlarni kuzatish uchun zamonaviy observatoriya quradi”, — deya ma’lum qilinadi mamlakat vazirlar mahkamasi xabarida.
Loyiha doirasida Hindistonda sakkiz kilometrli vakuumli nur quvuri quriladi.
Ma’lumot uchun, Albert Eynshteyn mavjudligini bashorat qilganidan so‘ng 100 yil o‘tib, amerikalik olimlar o‘tgan haftada gravitatsiyali to‘lqinlar aniqlanganini e’lon qildi. To‘lqinlar 2015-yil 14-sentabrida LIGO gravitatsiya observatoriyasi detektorlarida qayd etilgan.
Izoh (0)