Rossiya aholi soniga nisbatan qotilliklar miqdori bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Rossiya bosh prokuraturasi ma’lumotlariga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
2015-yili Rossiyada jinoyatchilar qo‘lidan 14,5 mingdan ziyod odam yoki 100 ming aholidan 10,2 kishi halok bo‘lgan. AQShda ham deyarli shuncha kishi nobud bo‘lgan (14,7 ming), biroq aholi sonini hisobga olganda, ushbu ko‘rsatkich 100 ming aholiga 5 kishini tashkil etmoqda (to‘rtinchi o‘rin).
Birinchi va ikkinchi o‘rinlarni tegishli ravishda 27,2 va 40,9 ming odam o‘ldirilgan Meksika va Braziliya egallagan (23,7 va 21 kishi).
Eng ko‘p qotilliklar (salkam 43 ming) Hindistonda kuzatilgan, mamlakat 3,46 koeffitsent bilan beshinchi qatorni band etgan. Undan keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya va Misr joylashgan (1,2).
Bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatkich Yaponiya (100 ming aholiga 0,4 kishi), Germaniya (0,8), shuningdek, Xitoy va Avstraliyada (1) qayd etilgan.
Izoh (0)