Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Olmaota ma’muriyatiga shaharning ming yilligiga bag‘ishlangan bayramni ortiqcha dabdabalarsiz, biroq shaharliklar uchun foydali tarzda o‘tkazishni topshirdi, deya xabar bermoqda “RBK” uning 16-fevral, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan majlisda yangragan nutqiga tayanib.
“Olmaota bayramini shunday o‘tkazish kerakki, buni olmaotaliklar his qilsin. Barcha mablag‘lar yo‘llar yomon holatda bo‘lgan joylarni obodonlashtirishga yo‘naltirilsin. Dahalarni tozalash, favvoralarni, sug‘orish tizimlarini qayta tiklash bo‘yicha ishlar e’lon qilinsin — buni har bir fuqaro sezsin”, — deya da’vat etdi Nazarboyev.
Shu bilan birga, Nazarboyev “boshliqlar o‘tadigan yo‘llarni yalab-yulqash shart emasligini” ta’kidladi. “Sizlar asfaltning to‘rtinchi qatlamini qo‘ya boshlaysizlar — bu kerak emas. Joylardagi oddiy odamlarga sezilsa bo‘ldi”, — dedi u.
Izoh (0)