Qozog‘istonning janubiy viloyatlari — Jambil, Janubiy Qozog‘iston va Qizilo‘rdada qo‘shinlarning jangovar shayligini kutilmaganda tekshirish tadbirlari olib borildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Respublika mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 16-fevral, seshanba kuni “Janub” mintaqaviy qo‘mondonligida kutilmagan tekshiruvning birinchi bosqichi boshlandi. Qo‘shinlar mashq poligonlarida 5 kilometrlik masofada kombinatsiyalangan usulda marsh uyushtirdi.
Jambil viloyati ma’muriy markazi Taraz shahridan Otar qishlog‘iga 160 ga yaqin texnika yuborildi, Lugovaya bekatidan artilleriya eshelonlari jo‘natildi. Otar qishlog‘ida jangovar otish mashqlari o‘tkaziladi.
Vazirlikdagilar ta’kidlashicha, jangovar shaylikni kutilmaganda tekshirish tadbirlari bugungi kunda qurolli kuchlarning haqiqiy jangovar tayyorgarligini aniqlashning samarali usullaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Izoh (0)