Rossiya tarkibidagi Xakasiya respublikasida, jarrohlik amaliyotidan yaqindagina chiqqan bo‘lishiga qaramay, pivo xarid qilish uchun shifoxonadan qochib ketgan erkak ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi, deb yozadi TJournal.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, 13-fevral kuni shahar shifoxonasi yaqinida joylashgan “Starik Xottabich” savdo do‘koniga choyshabga o‘ralgan shaxs kirib kelgan. Uning tanasi leykoplastir va drenaj naychalari bilan qoplangan edi. Erkak yaqindagina jarrohlik amaliyotidan o‘tganini payqash qiyin emasdi.
Rasmlardan ma’lum bo‘lishicha, bir muddatdan so‘ng uni shifoxona xodimlari olib ketgan.
Izoh (0)