Misrning Sinay yarimorolida halokatga uchragan Rossiyaning A321 samolyoti “qora quti”sini o‘rganish Germaniyada davom ettiriladi. Bu haqda Misr aviatsiya vazirligidagi manba ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Samolyot qulagan joyda topilgan qurilma jiddiy shikastlangandi. Shunday bo‘lsa-da, uni o‘rgangan ekspertlar ekipaj a’zolarining gaplari yozuvi birdaniga uzilib qolgani va portlashga o‘xshash tovush eshitilganini qayd etgan. Biroq yozuvda aynan qanday tovush eshitilganini aniqlashning imkoni bo‘lmadi.
Germaniya A321 halokatini o‘rganishda ishtirok etmoqda, chunki samolyot, jumladan, mazkur mamlakatda ham ishlab chiqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq A321 samolyotiga tegishli barcha bo‘laklar Qohiraga olib kelingani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)