“Parnas” partiyasi yetakchisi Mixail Kasyanov Rossiya huquq-tartibot idoralari uning arizalariga o‘z muddatida munosabat bildirmayotganidan shikoyat qildi. Muxolifat vakili Checheniston rahbari Instagram’da joylashtirgan video va Moskva markazidagi restoranda uyushtirilgan hujumdan so‘ng politsiya, Federal xavfsizlik xizmati va Tergov qo‘mitasiga murojaat etgandi, deya xabar beradi “RBK”.
“9-fevralda Moskva markazidagi restorandagi hujumdan so‘ng politsiyaga murojaat qilganman. Bunday ariza uch sutka davomida ko‘rib chiqilishi va jinoiy ish qo‘zg‘atilishi yoki qo‘zg‘atish rad etilishi haqida qaror qabul qilinishi kerak. Bu haqda politsiya arizachini xabardor qilishi lozim, biroq huquq-tartibot idoralaridan hech qanday xabar berilgani yo‘q. Federal xavfsizlik xizmati va Tergov qo‘mitasiga murojaat bo‘yicha ham qonun bo‘yicha belgilangan barcha muddatlar o‘tib ketdi”, — deya yozgan Kasyanov Facebook’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kasyanovga hujum uyushtirilgan restoran yaqinida chechen politsiyachilari qo‘lga olingani, biroq keyinchalik ularning qo‘yib yuborilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)