Suriyada to‘rtta kasalxona va ikkita maktab o‘qqa tutildi, deya xabar bermoqda “TASS” BMT Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) ijrochi direktori Entoni Leykka tayanib.
Uning aytishicha, ikkita tibbiyot muassasasi YuNISEFdan ko‘mak olgan. Ulardan birida — ona va bola markazida — bolalar halok bo‘lgan.
Ikki maktabga uyushtirilgan hujum olti nafar bolani hayotdan olib ketgan.
Leykning so‘zlariga ko‘ra, YuNISEF zudlik bilan ushbu hodisalar haqida ko‘proq ma’lumot olishga harakat qilmoqda.
YuNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, Damashq va muxolifat o‘rtasida qariyb besh yildan buyon davom etayotgan nizolar natijasida Suriyadagi kasalxonalarning uchdan bir qismi va maktablarning to‘rtdan bir qismi ishlashdan to‘xtagan.
Izoh (0)