Qirg‘izistonning Bishkek shahri meriyasi huzurida Fuchik nomidagi bog‘da daraxtlar noqonuniy ravishda kesilgani holati bo‘yicha tezkor komissiya tuzildi, deb yozadi “Review.uz”.
Ushbu fakt yuzasidan turli diametrdagi 20 ta yaproqli daraxtni noqonuniy tarzda kesish haqida dalolatnoma tuzildi. Ayni paytda Lenin tumani ichki ishlar bo‘limi jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida, o‘zboshimchalik bilan daraxtlarni kesgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tergov tadbirlarini olib bormoqda.
Shuningdek, o‘tqazilgan daraxtlar uchun tovon puli miqdorini belgilash bo‘yicha ishlar o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)