O‘zbekistondagi 89 ta aksiyadorlik jamiyati kamida 15 foizlik ulushga ega xorijiy aksiyadorlarni jalb qiladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” Vazirlar Mahkamasining 10-fevraldagi qarori (pdf)ga tayanib.
Hujjat orqali ustav kapitalidagi davlat ulushining kamida 15 foizi xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining ro‘yxati tasdiqlandi. Ular orasida “O‘zbekyengilsanoat”, “O‘zbektelekom”, “O‘zbekiston pochtasi”, “Matbuot tarqatuvchi, “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing”, “O‘ztadbirkoreksport”, “O‘zsanoateksport”, “Markaziy ippodrom” va boshqalar bor.
Ro‘yxatdan beshta bank — “Asaka bank”, “Qishloq qurilish banki”, “Agrobank”, “Ipoteka bank” va “Mikrokreditbank” o‘rin oldi.
Shuningdek, qarorda ustav kapitalidagi kamida 15 foiz ulushi, shu jumladan qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish yo‘li bilan, xorijiy invstorlarga sotiladigan 64 ta aksiyadorlik jamiyatlarining ro‘yxati tasdiqlandi. Unga 17 ta neft-gaz sohasi korxonalari, “O‘zbekenergo” tuzilmasidagi 10 ta qurilish kompaniyasi, 9 ta vino-aroq zavodi kiritildi.
Izoh (0)