Aprel oyida Toshkentda ikkinchi marta Xalqaro jaz festivali bo‘lib o‘tadi, deb yozadi “Gazeta.uz”. U YuNESKO vakolatxonasi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil qilinadi.
Festival 30-aprel kuni YuNESKO tomonidan beshinchi bora nishonlanadigan Xalqaro jaz kuni munosabati bilan o‘tkaziladi. Unda Parij davlat konservatoriyasi jaz va improvizatsiya kafedrasi professori Erve Sellan, AQShning The Exchange vokal guruhi, turkiyalik taniqli jaz musiqachilari, Latviya radiosining Big-bendi ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi birinchi jaz festivali 2015-yil 8-apreldan 8-maygacha o‘tkazilgan edi.
Izoh (0)