Markaziy Afrika Respublikasida prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi va parlament saylovlari yakunlandi. Mamlakatda uch yildan beri davom etayotgan musulmon va nasroniy jamoalar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarga chek qo‘yishga qaratilgan mazkur siyosiy jarayonlar chog‘ida noxush hodisalar qayd etilmadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
BMTning 11 ming nafar tinchlikparvar kuchlari vakillari va 900 nafar fransuz harbiysi tartibni ta’minlashga ko‘mak berdi. Salkam 5 million aholisi bor mamlakatda 2 millionga yaqin saylovchi ro‘yxatdan o‘tdi. Ovoz berishlarning dastlabki natijalari bir, yakuniy natijalar esa uch haftadan so‘ng e’lon qilinishi kutilmoqda.
Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida MARning ikki sobiq bosh vaziri — birinchi turda 23,74 % ovoz olgan Anise Jorj Dologele va Fosten Arshanj Tuadera (19,05%) ishtirok etdi.
Izoh (0)