Janubiy Koreyadagi hukmron “Senuridan” partiyasi parlament fraksiyasi rahbari Von Yu Chxol 15-fevral, dushanba kuni mamlakatning o‘z yadro qurolini yaratish yoki Koreya yarim oroliga Amerikaning taktik yadroviy qurol-yarog‘larini qaytarishga chaqirdi, deb yozadi “RIA Novosti” “Ryonxap”ga tayanib.
“Biz har safar yomg‘ir yog‘ganida soyabon so‘ray olmaymiz. Bizga o‘zimiz kiyib yurishimiz kerak bo‘lgan plash kerak”, — dedi Von Yu Chxol. Uning fikricha, joriy yilning 6-yanvarida KXDR tomonidan to‘rtinchi bora yadro sinovi o‘tkazilganidan so‘ng denuklearizatsiya tamoyili “ma’nisiz” bo‘lib chiqqan.
Avvalroq Janubiy Koreyada qator konservativ siyosatshunoslar shunga o‘xshash da’vatlar bilan chiqqan edi.
Izoh (0)