Hindiston shimolidagi Jarkxand viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi 11 kishining o‘limiga olib keldi. 14-fevral, yakshanba kuni kechasi Bagodar va Giridix aholi yashash punktlari orasida ro‘y bergan mudhish voqea tafsilotlari The Times of India nashrida keltirildi.
Mahalliy politsiya vakili Upendra Kumarning bayonotiga ko‘ra, jarohat olganlarning 10 nafari og‘ir ahvolda.
Izoh (0)