Avstraliya Polshaga uzoq masofali E-7A Wedgetail radar razvedkasi va boshqaruv samolyotini yubordi. Bu haqda Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish ma’lum qildi.

Samolyot zamonaviy MESA radari bilan jihozlangan bo‘lib, 24 soatlik kuzatuvni ta’minlaydi. Avstraliya uchoq bilan birga 100 ga yaqin harbiylarini yuborgan. E-7A ekipajlari NATOning havo hududini himoya qilish operatsiyalarni olib boradi.
Ushbu samolyotning Polshada bo‘lishi Avstraliyaning mintaqamiz xavfsizligiga qo‘shgan amaliy hissasidir, dedi mudofaa vaziri.
NATO doirasidagi vazifalardan tashqari, samolyot Ukrainaga razvedka ma’lumotlarini ham taqdim etishi kerak. 2023-yilda bunday samolyotlardan biri allaqachon Germaniya hududidan razvedka vazifalarini bajargan.
E-7A Wedgetail samolyoti: nimalar ma’lum?
Bu samolyot Boeing 737 AEW&C nomi bilan ham tanilgan. U ikki dvigatelli radarni erta aniqlash samolyotidir. Samolyot radari bir vaqtning o‘zida havoda va dengizda nishonlarni aniqlash, jangovar samolyotlarni boshqarish va 600 km dan ortiq masofada kuzatuv olib borish imkoniyatiga ega.
Radar tizimining antennasi elektron razvedka vazifasini ham bajaradi. U 9000 metr balandlikda 850 km dan ortiq masofani qamrab olishi mumkin.
Izoh (0)