Ukrainaning “Avtomaydan” harakati faollari Ukraina—Belarus chegarasi yaqinida Rossiya raqamlariga ega yuk mashinalari yo‘lini to‘smoqda, deb yozadi Meduza. Faollar ta’kidlashicha, shu paytgacha 12 ta yuk mashinasi to‘xtatilgan.
12-fevral kuni Rossiya yuk mashinalari Ukrainaning Zakarpatskaya viloyatida ham to‘xtatila boshlagan edi. Biroq keyinroq ular qo‘yib yuborilgani xabar berildi.
Aksiya ishtirokchilari Ukraina hukumatidan Rossiya bilan savdo aloqalarini to‘xtatishni talab qilmoqda.
Izoh (0)