Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Myunxen konferensiyasidagi nutqida Ukrainadagi fuqarolar urushi haqida gapirayotib, Rossiya rahbariyatini tilga oldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Janob Putin, Ukraina hududidagi vaziyat fuqarolar urushi emas, balki sizning tajovuzingizdir”, — dedi Poroshenko.
Poroshenko so‘zlariga ko‘ra, Donbassda hamon besh ming nafar rossiyalik harbiy bor.
Ukraina prezidenti fikricha, Rossiya o‘z qadriyatlari asosida alternativ Yevropani yaratishga urinmoqda. “Qarshimizda juda jiddiy muammolar turgani ravshan. Biz uchun, yevropaliklar uchun eng katta xavf — alternativ Yevropa. Alternativ tamoyil va qadriyatlarga ega Yevropa”, — dedi u.
Izoh (0)