Tojikiston huquq-tartibot idoralari noqonuniy valyuta operatsiyalarida gumon qilib, Dushanbe fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakat IIV matbuot markazi ma’lum qilgan, deya xabar beradi “TASS”.
“Poytaxtlik 25 yashar fuqaro mamlakat Milliy banki ruxsatisiz o‘zi tomonidan tashkil etilgan almashuv punktida xorijiy valyuta bilan noqonuniy oldi-sotdi qilayotganda qo‘lga olindi”, — deyiladi matbuot markazi xabarida.
Dastlabki tekshiruv chog‘ida gumonlanuvchi qisqa muddat mobaynida 1 million dollarlik noqonuniy valyuta operatsiyalarini amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi. Jumladan, 2015-yil 12 dekabridan 2016-yil 21-yanvariga qadar fuqarolardan 800 ming dollar sotib olgan va Dubay shahriga yuborgan. Dubaydan esa Dushanbega 200 ming dollar jo‘natgan.
Mazkur holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.
Izoh (0)