Interpol Rossiyaning “YuKOS” sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiyni xalqaro qidiruvga berish haqidagi so‘rovini rad etdi, deb yozadi “RBK” Interpolning Liondagi bosh qarorgohiga tayanib.
Tashkilotdagilar aniqlik kiritishicha, so‘rov Interpolning Moskvadagi Milliy markaziy byurosi tomonidan Bosh kotibiyatga emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashkilotga a’zo boshqa mamlakatlarga yuborilgan.
“So‘rovni ko‘rib chiqib, Interpol bosh kotibiyati u tashkilot qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi, deb topdi. Shu tufayli Moskvadagi Milliy markaziy byuro Interpol kanallari ushbu ish bo‘yicha xalqaro politsiya hamkorligi uchun ishga solina olmasligi haqida xabardor qilindi”, — dedi tashkilotdagilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “YuKOS” kompaniyasi sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy Interpol liniyasi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgani ma’lum qilingan edi. Bu Rossiyada Xodorkovskiyga nisbatan uning Nefteyugansk meri o‘limiga aloqadorligi yuzasidan e’lon qilingan tashqi ayblov bilan bog‘liq. Keyinroq Xodorkovskiyning matbuot kotibi Kyulle Pispanen uning xalqaro qidiruvga berilgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlay olmasligini aytgan edi.
Izoh (0)