Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston poytaxti Ostonada qurilishi yakunlanganidan so‘ng Markaziy Osiyodagi eng baland binoga aylanadigan “Abu-Dabi Plaza” majmuida yong‘in ro‘y berdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

Qozog‘iston IIV favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rasmiy vakili Ruslan Imankulovning ma’lum qilishicha, 13-fevral, shanba, mahalliy vaqt bilan 04:40 da yong‘in haqida xabar berilgan, oradan 10 daqiqa o‘tib, o‘t o‘chiruvchilar hodisa joyiga yetib kelgan va alangani bartaraf etishga kirishgan.

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘inga gaz ballonlarining portlashi sabab bo‘lgan. Binoning 25 qavati alanga olgani bildirilmoqda. Halok bo‘lganlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

“Abu-Dabi Plaza” qurilishi 2010-yil noyabrida boshlangan bo‘lib, shu yil oxirida yakuniga yetishi rejalashtirilgandi. Loyiha 1,6 milliard dollar baholangan.

https://youtu.be/S0H40QUvEQA

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Italiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto) 
Qirg‘iziston
“Rosatom” yana bir Markaziy Osiyo davlatida AES qurmoqchi
Mahalliy
Andijonda o‘g‘li o‘ldirib, kanalga tashlab yuborilgan otaning murdasi Farg‘onadan topildi