“Garri Potter va la’natlangan bola” kitobi Amazon internet-do‘konida bestsellerga aylandi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Kitob 10-fevral kuni boshlangan dastlabki savdolardan bir kun o‘tiboq, eng ko‘p sotilgan kitoblar reytingida birinchi o‘ringa chiqdi. Kitob rasman 31-iyul — o‘z qahramoni Garri Potterning tug‘ilgan kunida chiqariladi.
Bu to‘laqonli roman emas, pyesa bo‘ladi va u Londonda namoyish etiladi. 30-iyulda spektakl premyerasi bo‘lib o‘tadi, ertasi kuni esa kitob chiqadi. Kitob ham bosma, ham elektron ko‘rinishda chop qilinadi.
Joan Roulingning yangi ijod namunasi bunday muvaffaqiyatga uchrashiga, pyesa Garri Potter haqidagi sakkizinchi kitob deb atalgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh (0)