Venesuela parlamenti mamlakatda oziq-ovqat yetishmovchiligi tufayli favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Muxolifat deputatlarining aytishicha, mamlakatda asosiy mahsulotlar bo‘yicha tanqislik 87 foizga yetgan. Oziq-ovqat sohasidagi natsionalizatsiya qilingan va hozirda mahsulot ishlab chiqarmayotgan korxonalar soni 300 tani tashkil etmoqda. Deputatlar BMT va YuNISEFning Oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga mamlakatda yuzaga kelgan vaziyatni baholash uchun ekspertlar jo‘natishni so‘rab, murojaat etgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda 60 kun muddatga favqulodda iqtisodiy holat joriy etishga qaror qilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)