O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 5-mart, shanba — dam olish kunini 7-mart, dushanba kuniga ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. 12-fevral kuni imzolangan qaror matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.
Prezident qaroriga muvofiq, 2016-yil 5-mart, shanba kuni ish kuni deb e’lon qilindi.
Mazkur qaror 8-mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida qabul qilindi.
Izoh (0)