Oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash, kuchli, barqaror va farovon davlat negizi sifatida oila institutini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan muhim yo‘nalishlardan biridir. Bu haqda O‘zA xabar beradi.
Xususan, joriy yilda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini tayyorlash ishlari boshlandi. Jinoyat kodeksiga farzandi uch yoshga to‘lmagan ayollarga (bola tarbiyasi uchun ta’tilga chiqishidan qat’i nazar) nisbatan jinoyat qonunchiligini yanada erkinlashtirish, ularni axloq tuzatish ishlari qo‘llanilmaydigan shaxslar toifasiga kiritishga qaratilgan tuzatishlar kiritish ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Muruvvat uylari, boshqa davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan nogiron bolalarga kunduzi qarash markazlari (guruhlari)ni tashkil etish ko‘zda tutilgan qarorini qabul qilish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)