O‘zbekiston fuqarosining nobiometrik pasporti, agar amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa, pasport egasi tomonidan faqat O‘zbekistonga qaytish hujjati sifatida ishlatilishi mumkin. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu haqda “O‘zbekistonning vakolatli idoralari” qaror qabul qilgan.
Ushu pasport O‘zbekistonga qaytayotganda uchinchi davlat hududidan tranzit o‘tishga ham ishlatilishi mumkin. “Mazkur ma’lumot xorijiy davlatlarga yetkazildi”, — deyiladi TIV axborotida.
Qayd etishlaricha, ushbu tartib xorijiy mamlakatlarning tegishli idoralari tomonidan o‘zlarining joylardagi bo‘limlariga yetkazilganidan so‘ng, 2018-yilning 1-iyuliga qadar amal qiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston fuqarolari O‘zbekistondan xorijga chiqishi uchun biometrik pasport talab qilinadi.
Izoh (0)