11-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Foto: Qor ostida qolgan Qizilqum cho‘li. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan ikki kun davomida O‘zbekistonning g‘arbiy va markaziy hududlarida yaxshigina qor yog‘di.
2. Tojikistonda prezidentga cheklanmagan tarzda saylanish huquqini berish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi. Amaldagi konstitutsiyaga ko‘ra, mamlakatni 1994-yildan beri boshqarayotgan Emomali Rahmon 2020-yilda prezidentlikka saylana olmaydi.
3. O‘zbekistonda 2016-yili 17,2 mingta Matiz Rossiyaning sertifikatlash talablari darajasiga yetkaziladi. 2016-yil avgustida chiqarila boshlanganiga 15 yil to‘ladigan ushbu model Rossiya bozoridagi eng arzon avtomobillar reytingida yanvar oyida ham peshqadamlikni saqlab qoldi.
4. Amerikada Google avtomobillarini boshqarish tizimini rasman haydovchi deb atashga ruxsat berildi. Endi avtomobil boshqaruvini amalga oshirayotgan har qanday kishi yoki narsa yuridik jihatdan “haydovchi” deb hisoblanadi.
5. Gruziyada tabarruklashtirilgan Apple qurilmalari sotuvi boshlandi. Endi gruziyalik xaridorlarning Apple mahsulotlariga nisbatan munosabati yaxshi tomonga o‘zgarishi umid qilinmoqda.
Bonusga test va fotoloyiha — To‘g‘ri logotipni topa olasizmi? va Aralash qonlar go‘zalligi.
Izoh (0)