O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.
“11—15-fevral kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor”, — deyiladi markaz axborotida.
“O‘zgidromet” markazi avvalroq O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 11-fevralgacha qor ko‘chishi xavfi borligi haqida xabar bergandi.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning tog‘li hududlarida 12—16-fevral kunlari kechasi -13 darajagacha sovuq, kunduzi esa +2, +5 darajagacha iliq bo‘ladi.
Izoh (0)