10-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi? Dunyoning boshqa nuqtalarida piyodalar xavfsizligi uchun qanday ishlar amalga oshirilayotgani haqida.
2. Lavrov Turkiyani IShID bilan maxfiy muzokaralar olib borishda aybladi. Lavrovning aytishicha, bunday muzokaralar chog‘ida kontrabanda mahsulotlarini yetkazib berishning yangi variantlari muhokama qilinadi.
3. FVV Qamchiq dovonida ob-havo sharoiti og‘irlashishidan ogohlantirdi. Ko‘rish darajasi 50—100 metrgacha yomonlashadi, shamolning tezligi soniyasiga 20—25 metrni tashkil etadi.
4. 2015-yilda O‘zbekiston bojxonachilari 6 mingdan ziyod behayo mazmundagi materiallarning olib o‘tilishiga chek qo‘ydi. Xabar berishlaricha, qo‘lga tushganlardan biri — Eron fuqarosi, boshqa biri esa Turkmaniston fuqarosi.
5. Amudaryo tumanida uch egizak dunyoga keldi. Onaning ham, bir o‘g‘il va ikki qizning ham ahvoli yaxshi.
Izoh (0)