2016-yilning 11-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Solih Ahmad al-Javarneh bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati ko‘rib chiqildi.
Muloqot davomida turli sohalarda aloqalarni rivojlantirish hamda hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosini mustahkamlash har ikki mamlakat manfaatlariga mos kelishi ta’kidlandi.
Izoh (0)