2016-yilning 11-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida 19—21-yanvar kunlari Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan siyosiy maslahatlashuvlarning oltinchi raundi hamda boshqa uchrashuv va muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda 2016-yilga mo‘ljallangan turli darajadagi O‘zbekiston—AQSh uchrashuvlari jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.
Izoh (0)