AQSh KXDRni daf qilish maqsadida Janubiy Koreyaga zarbali atom suvosti kemasini yo‘naltiradi, deya xabar bermoqda “TASS” Koreya Respublikasi milliy mudofaa vazirligi vakiliga tayanib.
“AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ‘Shimoliy Karolina’ atom suvosti kemasi mamlakatimizga yo‘naltirildi, — dedi u. — Amerikalik harbiylar shu tariqa Shimoliy Koreyani ogohlantirmoqda va Janubiy Koreyani bu yerga asosiy strategik aktivlarni joylashtirish yo‘li bilan himoya qilishga tayyorligini ko‘rsatmoqda”.
U, shuningdek, martda Koreya Respublikasiga Amerikaning “Jon Stennis” atom avianosetsi yetib kelishi rejalashtirilayotganini, u hamkorlikdagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashishini aytdi.
Izoh (0)