NASA hindistonlik fuqaro meteorit tushishi tufayli halok bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi. AQSh koinot agentligi samoviy jism emas, voqea joyida ro‘y bergan portlash o‘limga sabab bo‘lganini bildirmoqda, deya xabar beradi Meduza.
Sayyoraviy himoya bo‘yicha NASA mutaxassisi Lindli Jonsonning The New York Times nashriga izoh berishicha, meteorit tushishi oqibatida o‘lim ehtimoli shunchalik kamki, dunyo tarixida rasman biror marotaba bunday hodisa qayd etilmagan.
Mazkur o‘lim haqidagi taxminni hodisa sodir bo‘lgan payt meteorit yomg‘iri alomatlarini qayd etmagan Hindiston astrofizika instituti olimlari ham shubha ostiga olgan.
Eslatib o‘tamiz, 6-fevral kuni halok bo‘lgan hindistonlik avtobus haydovchi meteorit tushishi tufayli o‘lgan insoniyat tarixidagi birinchi odam bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)