Pokistonning Shekxupura okrugida benzovoz portlashi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi (ular orasida 4 nafar bola bor), 20 kishi jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, benzovoz boshqa bir avtomobil bilan to‘qnashgan va kuchli portlash ro‘y bergan. Alanga atrofdagi ikki mashina va bolalarni maktabga olib ketayotgan rikshaga o‘tgan.
Hozirda fojia joyida o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ishlamoqda. Rasmiylar hodisa tafsilotlarini o‘rganishga kirishdi.
Izoh (0)