Moskva politsiyasi “Parnas” partiyasi raisi Mixail Kasyanovning unga hujum uyushtirilgani da’vosi bo‘yicha tekshiruv boshladi. Siyosatchi bunga qo‘l urganlarni javobgarlikka tortishni so‘ragan, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.
Partiya raisining o‘rinbosari Konstantin Merzlikinning aytishicha, 9-fevral, seshanba kuni Moskva markazidagi restoranda kavkazliklarga o‘xshash qiyofadagi noma’lum shaxslar Kasyanovga tort uloqtirgan. So‘ng ularni ko‘chada kutib turgan kishilar bilan birga mashinaga o‘tirib, jo‘nab ketgan.
Mazkur hodisaga Checheniston rahbari Ramzan Qodirov darrov munosabat bildirgan: ijtimoiy tarmoqlardan birida uning “Yana menmi?” degan izohi paydo bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kasyanov Ramzan Qodirov Instagram’dagi sahifasiga muxolifatchi snayper nishoniga olingan videoni joylashtirganligi uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilishini talab qilib, Federal xavfsizlik xizmatiga ariza bergandi.
Izoh (0)