AQShning Alabama shtatida uch yoshli bolakay o‘zining to‘qqiz yoshli opasini otib qo‘ydi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.
Hodisa Birmingem shahri yaqinida ro‘y berdi. Politsiyaning bildirishicha, bola katta bobosining yotoqxonasidan o‘qlangan to‘pponcha topib oladi va undan opasining boshiga qarata o‘q uzadi. Qizaloq kasalxonaga og‘ir jarohatlar bilan yotqizildi va o‘ziga kelmay, olamdan o‘tdi.
Politsiya mazkur voqeaga “fojiali hodisa” deya baho berdi va uning tafsilotlarini o‘rganmoqda. Evarasining qilmishi uchun katta bobo javob berishiga to‘g‘ri keladi: unga o‘qotar qurolni qoidalarga muvofiq saqlamagani sababli jazo tayinlanishi mumkin.
Izoh (0)